Bugun 27 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevichs bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog`ida O`zbekiston-Latviya kun tartibining dolzarb jihatlari muhokama qilindi, deya xabar berdi TIV axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, tomonlar Afg`onistondagi hozirgi vaziyatni, shu jumladan, ushbu mamlakatdan chet el fuqarolarini evakuasiya qilish bilan bog`liq masalalarni ham ko`rib chiqqan.