AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidentiga Jambil viloyatidagi portlash sabab hamdardlik bildirdi

'Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidentiga Jambil viloyatidagi portlash sabab hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 avgust kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozog`iston Prezidentiga Jambil viloyati Boyzoq tumanida ro`y bergan fojiali voqea oqibatida insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. O`zbekiston Qozog`istonga favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishda zarur ko`mak ko`rsatishga tayyor ekani ta`kidlandi.

O`zbekiston-Qozog`iston munosabatlarining dolzarb masalalari ko`rib chiqildi. Ko`p qirrali hamkorlik ijobiy sur`at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va logistika, turizm sohalarida kooperasiya loyihalari, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekani ta`kidlandi.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqa kun tartibi, avvalo, Afg`onistondagi vaziyatning keskinlashishi yuzasidan fikr almashdilar. Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta`minlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar