O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 27 avgustdagi farmoni bilan Rossiya federal majlisi federasiyasi kengashi raisi Valentina Matvienko «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlandi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».
Mukofot «O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi do`stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlashga faol qo`shgan sa`y-harakatlari, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishni har tomonlama qo`llab-quvvatlashi ko`p qirrali O`zbekiston—Rossiya hamkorlik dasturlari va loyihalari, shu jumladan, mintaqalararo o`zaro aloqa va ikki tomonlama madaniy-gumanitar almashinuv salohiyatini to`liq ochib berishga qaratilgan loyihalarni samarali amalga oshirishga qo`shgan hissasi» uchun berilgan.






