AsosiySiyosat

Abdulaziz Kamilov Germaniya TIV rahbari bilan uchrashdi

'Abdulaziz Kamilov Germaniya TIV rahbari bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yil 30 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bilan uchrashuv o`tkazdi.

Muloqot chog`ida O`zbekiston – Germaniya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, bo`lajak qo`shma tadbirlar jadvali va kun tartibi ko`rib chiqildi.

Afg`onistondagi bugungi vaziyatga alohida e`tibor qaratildi. Xayko Maas O`zbekiston tomoniga Afg`onistondan Germaniya va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining evakuasiyasini tashkillashtirishda ko`rsatgan yordami uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi. Tomonlar Afg`oniston yo`nalishida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ma`lum qildilar.

Uchrashuvda ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar