AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Tojikiston etakchisi bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Tojikiston etakchisi bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 avgust kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tojikiston etakchisi davlatimiz rahbari va birodar O`zbekiston xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

Prezidentlar joriy yil 10-11 iyun kunlari Tojikistonga oliy darajali tashri yakunlari bo`yicha qabul qilingan kelishuv va bitimlarning amalga oshirilishini ko`rib chiqdilar.

Savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik doirasidagi qo`shma kooperasiya loyihalarini o`z vaqtida amalga oshirish muhim ekani ta`kidlandi.

Prezidentlar Afg`onistonda harbiy-siyosiy keskinlik kuchayishi bilan bog`liq mintaqaviy masalalarga alohida to`xtaldilar. O`zaro muvofiqlashuvni kuchaytirish va yaqin idoralararo aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, etakchilar joriy yilning sentyabr oyida Dushanbe shahrida o`tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko`rish masalalarini muhokama qildilar.

Boshqa yangiliklar