1

Abu Dabi Amirligi valiahdi mustaqilligimizning 30 yilligi bilan xalqimizni tabrikladi

Siyosat 30.08.2021, 19:42
Teglar: Shavkat Mirziyoev
Abu Dabi Amirligi valiahdi mustaqilligimizning 30 yilligi bilan xalqimizni tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 avgust kuni Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo`mondoni o`rinbosari Muhammad Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Abu Dabi valiahdi Amirliklar xalqi nomidan do`st O`zbekiston Prezidenti va xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, farovonlik, katta zafarlar va bardavom taraqqiyot tilaklarini izhor etdi.

Tomonlar 2019 yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasidagi ishlarning amaliy natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Kuni kecha Masdar kompaniyasi bilan birgalikda O`zbekistonda quvvat 100 MVtli ilk quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bundan tashqari, energetika tarmog`ida yana oltita yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Turli tarmoqlarda umumiy qiymati 5 milliard dollarlik 15 ta investisiya loyihasini ilgari surish ishlari olib borilmoqda.

Boshqaruv sohasida kadrlar, axborot texnologiyalari bo`yicha mutaxassislar tayyorlash borasida qator muhim dasturlar, gumanitar almashinuv loyihalari amalga oshirilmoqda.

Afg`onistondagi vaziyat rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo`yicha faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1