Yangihayot tumanida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “B” MChJ ta`sischisi S.I. pandemiya sharoitida talab yuqori bo`lgan dori vositalarini dorixonalardan tashqarida sotib daromad orttirishni ko`zlab, xaridorga “Favilok, Favipravir tablets 200 mg” dori vositasini har bir qutisini 450 ming so`mdan hisoblab, jami 264 qutisini 118,8 mln so`mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.