Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Oltin asr” davlat axborot agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, kecha, 6 avgust kuni Gurbanguli Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasi yig`ilishini o`tkazgan. Yig`ilishda Prezident O`zbekiston bilan konstruktiv muloqot o`rnatishda alohida o`rin tutadigan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo`yicha turkman-o`zbek qo`shma komissiyasining navbatdagi masjlisiga puxta tayyorlanish kerakligini ta`kidlagan.
Shuningdek, yig`ilishda "Arqadag`" tez orada davlat rahbari boshchiligidagi Turkmaniston hukumati delegasiyasi O`zbekistonga safar qilishini qo`shimcha qilgan. U tashrif davomida qator hujjatlar imzolanishini ta`kidlagan.