1

Madaniy meros haftaligining asosiy voqeasi “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumidan 40 ta yangi kitob-albom taqdimotidir

Madaniyat 08.09.2021, 17:36
Madaniy meros haftaligining asosiy voqeasi “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumidan 40 ta yangi kitob-albom taqdimotidir

O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati tomonidan kongress o`tkazib kelinadi. Bu yil beshinchi bor o`tkazilayotgan “O`zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” mavzusidagi xalqaro anjumanda dunyoning 46 mamlakatidan 350 dan ziyod olim va mutaxassislar – etakchi sharqshunoslar, qur`onshunoslar, ekspertlar, tadqiqotchilar, qo`lyozmalar va miniatyuralar bo`yicha mutaxassislar ishtirok etadi.

Ilk bor ushbu kongress  2017-yil may oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” shiori ostida o`tgan edi. Ilk kongress yakunida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq olim va mutaxassislar ishtirokida O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatini ta`sis etish bo`yicha deklarasiya qabul qilindi. Ana shu masalada O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga murojaatnoma yo`llangandi. Prezidentimizning bevosita yordami bilan, bir qator davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida o`tgan davr mobaynida O`zbekiston madaniy merosini tadqiq etish borasida juda katta ibratli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining qamrovi samadorligi yil sayin ortib bordi.

Mazkur loyiha doirasida ayni paytga qadar dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlariga ilmiy safarlar uyushtirildi. Turli muzeylar, kutubxonalar, ilmiy-ma`rifiy maskanlar, shaxsiy kolleksiyalardan O`zbekistonga aloqador o`n mingdan ortiq turli eksponatlar, tarixiy ashyolar, amaliy va tasviriy san`at namunalari, uy-ro`zg`or buyumlari, qo`lyozmalar aniqlandi. Ushbu topilmalar haqida “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumidan 35 ta kitob-albom nashr qilindi. Ushbu kitob-albomlar mazmunini o`zida aks ettirgan hujjatli filmlar yaratildi va namoyish qilindi.

Kitob-albomlarning taqdimot marosimi nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoning turli qit`alarida o`tkazildi. O`zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan mazkur kitoblar yurtimizdagi hamda butun dunyodagi ikki  yuzdan ortiq kutubxonalar va ilmiy-ma`rifiy maskanlarga beg`araz tarqatildi.

Butunjahon jamiyatining kongresslari 2018-yilda Rossiyaning  Sankt-Peterburg shahrida, 2019-yilda Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida o`tkazildi. Butunjahon jamiyati yuridik shaxs sifatida 2019-yil 21-avgust kuni Parij shahrida Fransiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkazildi. 2019-yil oxirlarida yuzaga kelgan koronavirus tahlikasi bois, 2020-yil dekabr oyida to`rtinchi kongress karantin cheklovlari doirasida, faqat Toshkent shahrida o`tkazildi.

Bu yilgi V kongress tadbirlari 13–21-sentyabr kunlari O`zbekistonning bir qancha shaharlari – Toshkent, Xiva va Nukusda an`anaviy tadbirga aylangan madaniy meros haftaligining bir qator yorqin tadbirlari o`tkaziladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1