Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol O.S. IIOga murojaat qilib, nomiga noma`lum sabablarga ko`ra 15.970.000 mln. so`m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma`lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi 23 yoshli ayol R.M. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, (ayol) R.M., jabrlanuvchi (ayol) O.S.ga o`zini "Maqsuda" deb tanishtirib, mahallada ishlashini hamda bir martalik moddiy yordam puli olishda yordam qilishini aytib, (ayol) O.S.ning bank mobil ilovasi orqali 15.970.000 so`m miqdorda onlayn kredit rasmiylashtirgan va o`sha vaqtning o`zida o`zining bank kartasiga o`tkazib olib, o`zlashtirganligi ma`lum bo`ldi.
Mazkur holat yuzasidan R.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.






