AsosiyDunyo

O`zbekiston TIV Xitoy va Braziliyaga hamdardlik bildirdi

Xitoy va Braziliyada kuchli yog`ingarchiliklar yuz bergani oqibatida ko`plab insonlar vafo...

Xitoy va Braziliyada kuchli yog`ingarchiliklar yuz bergani oqibatida ko`plab insonlar vafot etgani edi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy va Braziliya davlatlariga hamdardlik bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha, Braziliya va Xitoyda kuchli yog`ingarchiliklar bo`lgan. Braziliyadagi yomg`irlar sababli 29 kishi halok bo`lgan, 60 kishi esa bedarak yo`qolgan. Bundan tashqari, o`n mingdan ortiq aholi uy-joysiz qolgan, qariyb yuz ming fuqaro elektr va suv ta`minotidan uzilib qolgan.

Xitoyda suv toshqinlari aprel oyining uchinchi o`n kunligida sodir bo`lgan. Oqibatda, rasmiylar mamlakatning eng zich joylashgan hududidagi 110 ming aholini evakuasiya qilishga majbur bo`lgan. Ma`lum bo`lishicha, jami zarar 19 milliondan oshib ketgan.

Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov Xitoy va Braziliya davlatlariga hamdardlik bildirdi.

«Xitoy va Braziliyada o`nlab odamlarning hayotiga zomin bo`lgan kuchli yog`ingarchiliklarning halokatli oqibatlari haqidagi xabarlarni chuqur qayg`u bilan qabul qildik. O`zbekiston TIV nomidan qurbon bo`lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va barcha jarohatlanganlarning tezroq sog`ayib ketishini tilaymiz»,- deb yozdi u.

Boshqa yangiliklar