AsosiyJamiyat

Kameralar yana bir qoidabuzarlikni qayd etmoqdami?

'Kameralar yana bir qoidabuzarlikni qayd etmoqdami?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 maydan boshlab kameralar yana bir qoidabuzarlikni qayd qilishni boshlashi haqida xabarlar tarqaldi.

 Holatga Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.

"Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan asoslantirilmagan, ya`ni transport vositasi haydovchisi harakat davomida OGOHLANTIRUVChI IShORALARINI yoqmasdan manyovrni (o`nga yoki chapga qayrilsa) amalga oshirsa kameralar tomonidan qoidabuzarlik sifatida qayd etilib jarimaga sabab bo`lishi mumkinligi to`g`risidagi, aniqlik kiritilmagan ma`lumotlarni turli izohlar bilan omma e`tiboriga tarqatmasliklarini so`raymiz.

Yolg`on axborotni tarqatish javobgarlikka sabab bo`lishini eslatib o`tamiz", deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar