AsosiySiyosat

Prezident Evropaning etakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

'Prezident Evropaning etakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev 3 may kuni Toshkent xalqaro investisiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida Evropaning bir qator etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazdi.

Uchrashuvda “Suez” kompaniyasi raisi va bosh direktori Sabrina Sussan, “Arsenale Group” kompaniyasi bosh direktori Paolo Barletta,  “Airbus”  korporasiyasining Evropa bo`yicha prezidenti Yoxan Pelise hamda “Linde” kompaniyasining Evropa va Yaqin Sharq bo`yicha prezidenti Oliver Pfann qatnashdi.

Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv Evropa biznesining O`zbekistondagi faoliyatni kengaytirishga qiziqishi tobora ortib borayotganidan dalolat ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Investisiyaviy va innovasiyaviy sheriklik, suv ta`minoti, fuqarolik aviasiyasi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e`tibor qaratildi.

Evropa kompaniyalari rahbarlari O`zbekiston Prezidentiga samimiy qabul hamda investorlarning samarali faoliyati uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik izhor etdi. Ustuvor tarmoqlardagi muhim loyiha va dasturlarni amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar