AsosiyJamiyat
2297

O`zbekistonda yana 687 nafar kishida koronavirus aniqlandi. 159 nafar kishi pnevmoniyaga chalindi

'O`zbekistonda yana 687 nafar kishida koronavirus aniqlandi. 159 nafar kishi pnevmoniyaga chalindi'ning rasmi

Kecha O`zbekistonda 687 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 5 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Unga ko`ra, ayni vaqtda O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 163108 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 72 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 20 nafari Andijon viloyatida,
  • 11 nafari Buxoro viloyatida,
  • 15 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 7 nafari Navoiy viloyatida,
  • 16 nafari Namangan viloyatida,
  • 69 nafari Samarqand viloyatida,
  • 17 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 13 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 63 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 14 nafari Xorazm viloyatida,
  • 109 nafari Toshkent viloyatida,
  • 251 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 46 nafar,
  • Andijon viloyatida 55 nafar,
  • Buxoro viloyatida 12 nafar,
  • Jizzax viloyatida 29 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,  
  • Navoiy viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 22 nafar,
  • Samarqand viloyatida 90 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 70 nafar,  
  • Xorazm viloyatida 24 nafar
  • Toshkent viloyatida 105 nafar,
  • Toshkent shahrida 233 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 155114 (+740) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1142 nafarni tashkil qilgan.

Shu bilan birga 159 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 25115 nafarga etgan. 

Kecha ularning 329 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 18955 nafarni tashkil qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar