AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov Latviyaning yangi elchisini qabul qildi

'Abdulaziz Komilov Latviyaning yangi elchisini qabul qildi'ning rasmi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 10 sentyabr kuni Latviyaning O`zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Reynis Trokshni qabul qildi, deb xabar bermoqda vazilik matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan Abdulaziz Komilov elchini mas`uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi hamda uning ko`p qirrali O`zbekiston—Latviya hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo`lida ishlashiga umid bildirdi.

Suhbat chog`ida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va turli darajadagi bo`lajak rasmiy uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi. Tomonlarning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishdan birday manfaatdorligi ma`lum qilindi.

O`zbekiston va Latviyaning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi va ayrim mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar