AsosiySiyosat

Tashqi ishlar vaziri Dyulu Kovachni qabul qildi

'Tashqi ishlar vaziri Dyulu Kovachni qabul qildi'ning rasmi

Bugun, 10 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vengriyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Dyulu Kovachni qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan Vazir Elchini O`zbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabrikladi hamda unga yuqori va mas`uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog`ida so`nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarning faollashuvi kuzatilayotganligi qayd etildi. Tomonlar muntazam muloqot va amaliy aloqalarni davom ettirish, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o`tkazish, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni jadallashtirishga tayyorligi ma`lum qilindi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi. Vengriya tomoni O`zbekistonga Afg`onistondan vengriyalik va chet el fuqarolarini evakuasiya qilishda ko`rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar