O`zbekiston hukumati Balx viloyatining shimolida, yangi ochilgan Hayraton chegara punkti orqali Afg`onistonga katta miqdordagi gumanitar yordam yubordi. Bu haqda "ariananews" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 1300 tonna yordam yuklari oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechakni o`z ichiga olgan va afg`on rasmiylariga topshirilgan.
Taqdimot marosimida Zabihulloh Mujohid va Islom Amirligining boshqa rasmiylari ishtirok etishdi.
Yordam butun mamlakat bo`ylab muhtoj afg`onlarga tarqatiladi.
Shuningdek, Qatar Airways aviakompaniyasi samolyoti dushanba kuni Kobulda yana bir yordam jo`natdi.
Ushbu reysda 23 tonna favqulodda yordam, shu jumladan Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan dori-darmonlar va materiallar etkazib berildi, deyiladi xabarda.