AsosiySiyosat

O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

'O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining o`rinbosari – Istanbul shahridan parlament deputati Numon Kurtulmush boshchiligidagi Turkiya Respublikasi parlamentining bir guruh deputatlari bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Hukumat portalida xabar berildi. 

Ma`lum qilinishicha, konstruktiv muloqot chog`ida tomonlar ikki mamlakat o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikning keng ko`lamli masalalarini muhokama qildilar. O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish dinamikasi yuqori baholandi.

Turkiya tomoni O`zbekistonda islohotlarni ilgari surishda har tomonlama yordam ko`rsatishga tayyorligini bildirdi. Erishilgan kelishuvlarni samarali ro`yobga chiqarish hamda o`zaro hamkorlik shakllari va mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida yaqin hamkorlik qilishga kelishildi.

    Boshqa yangiliklar