AsosiySiyosat

Prezident ShHTning Dushanbedagi yubiley sammiti tadbirlarida ishtirok etadi

'Prezident ShHTning Dushanbedagi yubiley sammiti tadbirlarida ishtirok etadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16-17 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti – Dushanbe shahrida bo`lib o`tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi tadbirlarida ishtirok etadi.  

Tojikiston raisligida o`tkazilayotgan sammit ishida ShHTga a`zo davlatlar – Hindiston Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg`iz Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi va Rossiya Federasiyasi etakchilarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar tomonidan Belarus Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Mo`g`uliston Prezidentlari ishtirok etadi. Majlisning faxriy mehmoni sifatida Turkmaniston rahbari taklif etilgan.

Shuningdek, tadbirda ShHT ijroiya organlari va boshqa xalqaro institutlar rahbarlari qatnashadi.

Kun tartibiga muvofiq, ishtirokchilar ShHTning o`tgan 20 yilgi faoliyatining asosiy yakunlarini ko`rib chiqadilar, ko`p tomonlama hamkorlikning dolzarb vazifalarini muhokama qiladilar. Global siyosat va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Sammit yakunida Dushanbe deklarasiyasining qabul qilinishi, davlatlar rahbarlarining qarorlari va Tashkilot doirasidagi ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir boshqa ko`p tomonlama hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan. ShHTga raislik O`zbekiston Respublikasiga o`tishi sammitning muhim voqeasi bo`ladi.

Bundan tashqari, Prezidentimiz dasturidan hamkor davlatlar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar hamda Afg`onistondagi vaziyat bo`yicha “ShHT - KXShT” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar