AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Tojikistonga uchib ketdi

'Shavkat Mirziyoev Tojikistonga uchib ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun 16 sentyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Sammitda tashkilotga a`zo mamlakatlar, kuzatuvchi maqomidagi va muloqot bo`yicha sherik davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegasiyalari rahbarlari ishtirok etadi.

Davlat rahbarlari kengashining majlisida ShHTning o`tgan 20 yildagi faoliyati hamda Tojikiston raisligining yakunlari ko`rib chiqilib, ko`p tomonlama hamkorlikning dolzarb vazifalari muhokama qilinadi. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida Dushanbe deklarasiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan. ShHTga raislik O`zbekiston Respublikasiga o`tishi sammitning muhim voqeasi bo`ladi.

Shuningdek, anjuman doirasida “ShHT - KXShT” formatidagi uchrashuv o`tkazilishi ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar