AsosiyJinoyat

Toshkentda imtiyoz asosida fuqarolarga xonadon olib berishni va`da qilgan MChJ rahbari fosh bo`ldi

'Toshkentda imtiyoz asosida fuqarolarga xonadon olib berishni va`da qilgan MChJ rahbari fosh bo`ldi'ning rasmi

Imtiyozli shartlar asosida fuqarolarga xonadon olib berishni va`da qilgan MChJ rahbari va boshqalarning kirdikorlari fosh bo`ldi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament buni ma`lum qildi.

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.” MChJ rahbari U.G., yordamchisi R.D. va boshqalar noqonuniy boylik orttirish maqsadida, turli xil tadbirlar o`tkazish yo`li bilan fuqarolarning ishonchini suiiste`mol qilib, go`yoki ular rahbarlik qilayotgan MChJ orqali ko`p qavatli turar-joy binosini qurishda ulushli ishtirok etish to`g`risida yuzaki “fiktiv” shartnomalar tuzib, xonadonlarni imtiyozli shartlar asosida olib berishni va`da qilib, 31 nafar fuqaroning 25 000 AQSh dollari va 291 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda", – deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar