AsosiyJinoyat

Farg`onada "gashish" saqlagan shaxs qo`lga tushdi

'Farg`onada "gashish" saqlagan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

Farg`onada "gashish" saqlagan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi

Unga ko`ra, 15 centyabr kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan, A.Qodiriy ko`chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasida X.X.ni yoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, "gashish" giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

 "Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin" , deyiladi  IIV xabarida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar