Fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro M.O. o`zganing mulkini qo`lga kiritishga qaratilgan harakatlarini davom ettirib, fuqaro M.ni tanishlari yordamida 1 500 AQSh dollari evaziga ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo`yishga ishontirib, shundan 10 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.