Navoiy viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi Terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bo`limi, Jinoyat qidiruv bo`limi hamda Departamentning Karmana tumani bo`limi xodimlari o`zaro hamkorlikda Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi fuqaro va uning ayoli 2020 yil 4 iyulda tug`ilgan o`g`lini sotish niyatida yurgani to`g`risida olingan ma`lumotga asosan tezkor tadbir o`tkazdi. Bu haqda "Zamon.uz" sayti xabar bermoqda.
Tadbir davomida gumonlanuvchi oila farzandini “shartli xaridor”ga Karmana tumani Talqoq MFY hududida 50 million so`mga sotgan vaqtida ushlandi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.