O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish organi o`tkazgan birja narxlari monitoringida Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan “AMMOFOS-MAXAM” AJ tomonidan 2021 yil aprel, iyul oylarida birja savdolariga qo`yilgan ammofos mahsulotini tasdiqlangan grafikda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo`yilishida reja-jadval buzilganligi holatlari aniqlandi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “AMMOFOS-MAXAM” AJ tomonidan 2021 yil aprel, iyul oylarida mahsulot narx o`sish hisobiga jami 306 million 086 ming 80 so`m qo`shimcha asossiz daromad olinganligi ma`lum bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan “Ammofos Maxam” AJga nisbatan ish qo`zg`atilib, maxsus komissiya tomonidan ko`rib chiqilgan.
Natijada, “AMMOFOS-MAXAM” AJ tomonidan asossiz olingan qo`shimcha daromadlar belgilangan tartibda qaytarishlari bo`yicha tegishli qaror va ko`rsatmalar berilgan.