AsosiyJamiyat
2594

O`zbekistonda 20 kunda koronavirusdan 109 nafar, pnevmoniyadan esa 43 nafar bemor vafot etdi

'O`zbekistonda 20 kunda koronavirusdan 109 nafar, pnevmoniyadan esa 43 nafar bemor vafot etdi'ning rasmi

O`zbekistonda 20 kunda koronavirusdan 109 nafar, pnevmoniyadan esa 43 nafar bemor vafot etdi. Sog`liqni saqlash vazirligi bu haqda xabar bermoqda.

Unga ko`ra, 20 sentyabr holatida O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 169467 (+529) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 8 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 12 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 38 nafari Samarqand viloyatida,
  • 13 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 33 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 19 nafari Xorazm viloyatida,
  • 114 nafari Toshkent viloyatida,
  • 253 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 5 nafar,
  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 9 nafar,  
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 9 nafar,  
  • Samarqand viloyatida 44 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 19 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 28 nafar,
  • Toshkent viloyatida 199 nafar,
  • Toshkent shahrida 285 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 163298 (+614) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foiz.

Shu bilan birga, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1197 nafarni tashkil qilgani aytilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar