AsosiySiyosat

Bugun Senat Raisi boshchiligidagi delegasiyaning Qirg`izistonga tashrifi kutilmoqda

'Bugun Senat Raisi boshchiligidagi delegasiyaning Qirg`izistonga tashrifi kutilmoqda'ning rasmi

2021 yil 21 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbaeva boshchiligidagi delegasiyaning Qirg`iz Respublikasi (Bishkek shahri)ga rasmiy tashrifi bo`lib o`tadi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermodqa.

Ma`lum bo`lishicha, tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva va Qirg`iz Respublikasi Jokorgu Keneshi Torag`asi Talant Mamtov o`rtasida ikki tomonlama munosabatlar, shu jumladan, mamlakatlar o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o`tkazish ko`zda tutilmoqda.

Tashrif doirasida mintaqaviy iqtisodiy salohiyatni mustahkamlash uchun barqaror aloqalarni shakllantirishga qaratilgan “O`zbekiston va Qirg`iziston tadbirkor ayollari muloqoti” xalqaro biznes-forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Unda xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkor ayollar o`rtasida mamlakatlararo va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqilishi aytilmoqda.

Delegasiya a`zolari shuningdek, “Ata-Beyit” yodgorlik majmuasi, Qirg`iz Respublikasi xalq yozuvchisi Ch. Aytmatov uy-muzeyiga tashrif buyurishlari va uning qabriga gul qo`yish hamda boshqa tadbirlar bo`lib o`tishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar