AsosiyDunyo

Olmaotadagi otishmada besh kishi hayotdan ko`z yumdi

'Olmaotadagi otishmada besh kishi hayotdan ko`z yumdi'ning rasmi

Olmaotadagi otishma natijasida bir necha kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Kazinform" nashri.

Shahar polisiyasi izoh berishicha, sud buyrug`i ijrosi paytida besh kishi, jumladan, ikki polisiyachi o`ldirilgan. 

"Bugun, 20 -sentyabr, soat 17:00 larda Olmaotaning Alatau tumanidagi Oqbuloq mikrorayonida fojiali voqea sodir bo`ldi. Xususiy uylardan birida ko`chirish to`g`risidagi sud buyrug`i ijrosi jarayonida ushbu uyning fuqarosi - 1967 yilda tug`ilgan fuqaro D. tajovuzkorlikni ko`rsatib, sud ijrochilari, uchastka milisiya inspektorlari, xodimlariga o`qotar qurol bilan o`q uzdi",- deydi mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Besh kishi, shu jumladan navbatchilikda bo`lgan ikki polisiyachi, o`qotar jarohatini olgan va vafot etgan.

 "Biz fojia munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz ”, - deyiladi polisiya xabarida. 

Gumonlanuvchi zararsizlantirilgan va hibsga olingan. Hozirda vaziyat nazorat ostida. Jinoiy ish qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilayotgani ta`kidlanmoqda.

Boshqa yangiliklar