AsosiySiyosat

Senat raisi Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi

'Senat raisi Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

Joriy yil 21 sentyabr kuni Senat Raisi T.Narbaeva Qirg`izistonga rasmiy tashrifi doirasida Prezident Sadir Japarov bilan uchrashdi.

Bu haqda Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Qirg`iziston Prezidenti mustaqillikning 30 yilligi nishonlanayotgan kunlarda amalga oshirilgan ushbu tashrifning ahamiyati va muhimligini qayd etgan. 

Shuningdek, u qardosh o`zbek xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar