AsosiyJinoyat

Qorаqalpog`istonda 29 nafar abiturientni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan "DTM xodimi" ushlandi

'Qorаqalpog`istonda 29 nafar abiturientni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan "DTM xodimi" ushlandi'ning rasmi

Qorqalpog`istonda 29 nafar abiturientni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan "DTM xodimi" ushlandi. 

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro R.E. boshqa bir fuqaro Sh.ga go`yoki o`zini Davlat test markazida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, unga “Ali” ismli tanishi orqali o`qishga kira olmagan abiturientlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, jami 29 nafar abiturientni o`qishga kiritib qo`yish evaziga 83 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani ma`lum qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar