Bugun, 30 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan Arab Amirliklari Davlat vaziri Ahmad Ali al-Sayeg bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, suhbat chog`ida ko`p qirrali O`zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi o`zaro hamkorlik muhokama qilindi.
Ikki tomonlama va ko`p tomonlama shakldagi hamkorlikning barcha yo`nalishlari bo`yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.