AsosiyDunyo

Rossiya yana karantinga qaytdi. Barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi

'Rossiya yana karantinga qaytdi. Barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi'ning rasmi

Rossiyada koronavirus bilan kasallanish holatlarining keskin ko`payishi oqibatida mamlakat bo`ylab barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Xabarga ko`ra, "Rospotrebnadzor" federal xizmati pandemiya sababli Rossiya bo`ylab barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinganligini ma`lum qilgan. 

"Ommaviy tadbirlar bo`yicha — butun mamlakat bo`ylab ommaviy tadbirlar to`xtatilgan. Faqat davlat bosh sanitar vrachi qaroriga muovfiq epidemiologik jarayon tendensiyalariga bog`liq ravishda o`tkazlimoqda", — deya ta`kidladi «Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova.

Uning ma`lum qilishicha, hozirgi kunda Rossiyaning hech qaysi hududida uch mingdan ortiq odamlar ishtirokida ommaviy tadbirlar o`tkazilishi mumkin emas. "Bir mingdan uch ming kishigacha — faqat ikkita sub`ekt hududida. Bu epidemiologik jarayoning o`ziga xos xususiyati", — dedi u.

Shuningdek, "Rospotrebnadzor" rahbari Rossiyaning 21 ta hududida katta yoshdagi fuqarolar orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari o`sib borayotganligini ma`lum qildi. U Rossiya hududlarida o`z-o`zini yakkalash rejimida bo`lgan fuqarolar ortidan kuzatuv tizimini tashkil etishga chaqirdi.

M️oskva meri Sergey Sobyaninning ma`lum qilishicha, so`nggi haftada Rossiya poytaxtida koronavirus bilan kasallanish 30%ga, shifoxonaga joylashtirish esa 20% ga o`sgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar