Jahon banki O`zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) o`sishi prognozini 4,8 foizdan 6,2 foizga oshirdi. Bu haqda Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo hududidagi iqtisodiy vaziyat to`g`risidagi hisobotida so`z boradi.
Ammo ushbu ssenariy COVID-19’ning ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarga doimiy ta`siri tufayli noaniq bo`lib qolmoqda. Investisiya, savdo va pul o`tkazmalarining tiklanishi esa o`sishga yordam beradi.
Prognozga ko`ra, 2022 yilda mamlakat YaIM o`sish tempi yuqoriligicha qolib, 5,6% ni tashkil qiladi, bu aholining emlanishi tezlashishi va jahon iqtisodiyotining buzilishi kamayishi hisobiga yuz beradi.
Investisiya loyihalari uchun mashinalar, uskunalar va xom ashyo importi tiklanishi va oltin eksporti o`tgan yilgi rekord darajadan kamayishi va boshqa tovarlar eksportining o`sishi evaziga to`lov balansining joriy operasiyalari hisobi taqchilligi 2021 yilda YaIMga nisbatan 5,9% ni tashkil qiladi.
To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar 2021 yilda past darajada qolishi va 2022 yilda qisman tiklanishi kutilmoqda.
“Ijtimoiy yordamni kengaytirish, qishloq infratuzilmasini yaxshilash va emlash xarajatlarini kengaytirishga qaratilgan davlat investisiyalari 2021 yilda davlat xarajatlarini ko`paytirishda davom etadi”, - deyiladi hisobotda.
Ushbu xarajatlar soliq tushumlari va xususiylashtirish daromadlarining o`sishi hisobiga qoplanadi va prognoz bo`yicha byudjet taqchilligi 2021 yilda YaIMning 5,5 foizini tashkil qiladi. Yil oxirigacha YaIMning 40,6% ga o`sadigan davlat qarzini oshirish orqali qoplanadi.