Shavkat Mirziyoyev ayrim tuman hokimlari tadbirkorlar muammosini hal qilish o‘rniga mas'uliyatdan chetlashgani va ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanilmagani uchun 6 nafar hokimning lavozimga loyiqligini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Yig‘ilishda tadbirkorlik infratuzilmasi uchun ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmagani, ayrim hududlarda esa loyihalar umuman boshlanmagani keskin tanqid qilindi. Hokimlarga berilgan resurslardan samarali foydalanmaslik, muammolarni respublika darajasiga olib chiqib, o‘zini oqlash holatlari alohida qayd etildi. Shuningdek, tegishli viloyat hokimlariga o‘z hududidagi “aravasini torta olmayotgan” tuman rahbarlari bo‘yicha tezkor xulosa chiqarish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirildi.
Boshqa yangiliklar

Siyosat Bugun 11:01
Chirchiqda bezorilik qilgan guruh qo‘lga olindi
Ularning harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Siyosat Bugun 02:25
Shavkat Mirziyoyev Turkiya bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqdi
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedovning Turkiya bilan harbiy hamkorlik bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini tingladi.

Siyosat 23.04.2026 07:42
"Yangi avlod tadbirkorlari" dasturi ishga tushiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Янги Ўзбекистон ёшлари – 2030” стратегияси доирасида ёшлар бандлигини таъминлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар белгиланди.

Siyosat 23.04.2026 02:26
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakuniga yetdi.

Siyosat 22.04.2026 14:36
Prezident: Orol havzasida suv tanqisligi 2040-yilga borib ikki barobarga oshishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida mintaqada suv muammosi keskinlashib borayotganini aytdi.

