Xorazmda “Instagram”dagi rasmlarni o`chirish uchun 5 000 dollar so`ragan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.
O`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.B. S.ning nomiga ochilgan “Instagram” ijtimoiy tarmog`i sahifasidagi S.ni obro`sizlantiruvchi rasmlarni o`chirish evaziga tovlamachilik yo`li bilan fuqaroning akasi M.B. orqali 5 000 AQSh dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tegishliligi bo`yicha tergovga yuborilgan.