AsosiyJinoyat

Toshkentda 28.000.000 so`m evaziga fuqaroga aviachipta olib berishni va`da qilgan shaxs ushlandi

'Toshkentda 28.000.000 so`m evaziga fuqaroga aviachipta olib berishni va`da qilgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Toshkentda 28.000.000 evaziga fuqaroga aviachipta olib berishni va`da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda poytaxt IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5-oktyabr kuni taxminan soat 11.00 da 31 yoshli Jurat M. 31 yoshli Mehrigiyo B.ga Turkiyaga arzon narxda chipta olib berishini va`da qilgan. 

Buning uchun u ayoldan 28.000.000 so`m olib, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

"Hurmatli fuqarolar! Haddan tashqari ishonuvchan bo`lmang. Aviachiptalarni faqatgina rasmiy vakiilardan xarid qiling",–deyiladi IIB xabarida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar