AsosiyDunyo

Qobuldagi elektr stansiyasini portlatishni sodir etgan uch kishi qo`lga olindi

'Qobuldagi elektr stansiyasini portlatishni sodir etgan uch kishi qo`lga olindi'ning rasmi

Afg`onistondagi elektr stansiyasida bo`lgan portlashni “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z zimmasiga oldi.  Natijada Qobul elektr ta`minotisiz qolib ketdi, deya xabar bermoqda haama Press tashkilot bayonotiga tayanib.

Manbada keltirilishicha, Qobulda elektr stansiyasiniportlatishda gumonlanib uch kishi qo`lga olindi. Hozirda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Afg`oniston davlat energetika korporasiyasi (DABS) Afg`oniston poytaxti Qobul va yana bir qancha viloyatlar shahar  elektr stansiyasida yuz bergan portlash oqibatida elektr ta`minotisiz qolgani haqida xabar bergan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar