2021 yilning so`nggi choragi yakunlariga ko`ra, Amerikaning “Apple” kompaniyasining daromadi o`tgan yilga nisbatan 29 foizga oshgan. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, 25 sentyabrda yakunlangan uch oylik hisobot davrida kompaniyaning daromadi 83,4 milliard dollarni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2020 yilning shu davrida bu ko`rsatkich 64,7 milliard dollarga etgan. O`tgan chorakda kompaniyaning sof foydasi 20,5 milliard dollarni tashkil qilib, u o`tgan yilga nisbatan 12,6 mlrd dollar ko`p.
Eslatib o`tamiz, kompaniyaning asosiy mahsuloti IPhone bo`lib qolmoqda. Bu smartfonlarning butun dunyo bo`ylab sotuvidan tushgan daromad chorakda 38,8 milliard dollarni tashkil qilgan. Moliyaviy yilda esa bu ko`rsatkich 191,9 mlrd dollarga etgan.