Yamanning Adan shahridagi aeroportda portlash sodir bo`ldi. Portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo`ldi. Bu haqda AlArabiya telekanali xabar bermoqda.
Reuters agentligining ma`lumotiga ko`ra, portlash Adan xalqaro aeroportida ro`y berganligi aytilmoqda.
Aeroportga kirish qismida qoldirilgan avtomobilda joylashgan portlovchi qurilma ishga tushirilgan. Portlash oqibatida aeroport yaqinidagi nazorat o`tkazish punkti vayron bo`lgan.