AsosiyJamiyat

Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistonning O`zbekistondagi elchisini qabul qildi

2021-yilning 2-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov...

'Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistonning O`zbekistondagi elchisini qabul qildi'ning rasmi

2021-yilning 2-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizga Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston TIV xabar bermoqda.

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, Elchini O`zbekistondagi faoliyatini boshlagani bilan tabrikladi hamda uning mas`uliyatli lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog`ida tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda Savdo, iqtisodiyot, fan va texnologiyalar, madaniyat, sport va yoshlar masalalari bo`yicha Hukumatlararo komissiyalar majlislarini o`tkazish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga o`zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Energetika, qishloq xo`jaligi va turizm sohalarida investisiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Muloqot chog`ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

Boshqa yangiliklar