Xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo`yish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qo`ying. Bunday vaziyatda kondisioner va havoni tozalash tizimlari ham asqatadi.
Derazalarni yopiq holda saqlang. Ayniqsa kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!
Ko`proq suv iching!
Ochiq havoda harakat qilishni cheklang!
Tez-tez dush qabul qiling! Ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishingizni engillashtiradi.
Og`iz va burun bo`shlig`ini tuzli eritma bilan yuvib tashlang!
Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalashlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!
Ko`zlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim.
Tutunga to`la xonalarda chekish xavfli. Chunki ifloslangan ob-havo hisobiga salomatligimizga etadigan ziyon bir necha barobar oshib ketadi.
‼️ Agar Sizda nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko`zlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yo`tal belgilari yuzaga kelsa, tezda shifokor bilan maslahatlashing.
Eslatib o`tamiz, ayni paytda ushbu holat yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Vazirlikning "1003" qisqa raqamli Sall-markazi faoliyat ko`rsatmoqda.
Shuningdek, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda tuman va shahar bo`limlarida aholiga sifatli tibbiyt xizmat ko`rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.