AsosiyIqtisodiyot

Kasaba uyushmasi tomonidan 1 nafar xodimga yil davomida 5 million 62 ming so`mgacha mablag` sarflanadi

'Kasaba uyushmasi tomonidan 1 nafar xodimga yil davomida 5 million 62 ming so`mgacha mablag` sarflanadi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Kasaba uyushmalari federasiyasi raisi o`rinbosari Baxtiyor Mahmadaliev ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Kasaba uyushma tashkilotlari sa`y-harakatlari natijasida 14 mingga yaqin xodimning mehnat huquqlari tiklanib, ular foydasiga 13,6 milliard so`mdan ortiq mablag` undirib berildi.  

 

Jamoa shartnomasi tadbirlarini bajarish uchun respublika bo`yicha o`rta hisobda 1 nafar xodimga yil davomida sarflangan mablag` miqdori 1,5 million so`mdan 5 million 62 ming so`mgacha oshdi.  

 

Nodavlat tashkilotlarining 900 mingga yaqin xodimi kasaba uyushma a`zoligiga jalb etilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta`minlanmoqda.  

 

2021 yilning 9 oyi davomida jamoa shartnomalari orqali 173 mingdan ortiq fuqaroga va qariyb 49 ming oilaga 117 milliard 439 million so`mlik ijtimoiy ko`mak ko`rsatildi.  

 

Kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimida 14 ta sog`lomlashtirish maskani qurildi, 5 tasi rekonstruksiya qilindi. Natijada bir yilda qo`shimcha ravishda 34 ming nafar yurtdoshimizni tizimdagi sanatoriylarda sog`lomlashtirish imkoniyati yaratildi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar