AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda 70 foiz aholining asosiy daromad manbai oylik ish haqi ekani ma`lum qilindi. 15 foizi esa...

'O`zbekistonda 70 foiz aholining asosiy daromad manbai oylik ish haqi ekani ma`lum qilindi. 15 foizi esa...'ning rasmi

Markaziy bank tomonidan aholining turli guruhlari iste`mol kayfiyatini o`rganish bo`yicha navbatdagi so`rovlar o`tkazildi, deya xabar bermoqda MB Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, o`rganishga respondentlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi, mavjud pul-mablag`larini jamg`arishga bo`lgan moyilligi, shuningdek, ularning kelgusida kreditga bo`lgan ehtiyojlarini aniqlash va tahlil qilish bo`yicha savollar kiritilgan.

Ishtirokchilarning qariyb 70%i daromadlarining asosiy manbai oylik ish haqi, 15% ga yaqini esa tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarga to`g`ri kelishini ta`kidlashgan. Xorijdan pul o`tkazmalarni qayd etgan respondentlar ulushi esa 3,4% ga teng.

Hududlar kesimida ham rasmiy oylik ish haqi asosiy daromad manbai ekanligini ko`rish mumkin. Xususan, Toshkent shahri (68,8%), Buxoro (61%), Andijon (58,7%) va Toshkent viloyatlari (58,1%) respondentlari javoblarida oylik maoshning asosiy daromad sifatida yuqori ulushi qayd etilgan.

Tadbirkorlik faoliyati shug`ullanishni qayd etgan respondentlarning katta qismi Navoiy, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari hissasiga to`g`ri keldi.

So`rov natijalariga ko`ra, jami respondentlarning katta qismi, ya`ni 60%i kelgusi oylarda yangi kredit olishga ehtiyojlari mavjudligi ta`kidlagan.

2021-yilning II choragida respondentlarning daromadi 1−3 mln so`m tashkil etuvchi qismi kreditga bo`lgan talabi yuqoriligi qayd etishgan bo`lsa, III chorakda 3−5 mln so`m va 5−7 mln so`m daromadli respondentlarda ham kreditlarga bo`lgan ehtiyoji sezilarli ortganligi kuzatildi.

Tahlillarga ko`ra, aksariyat respondentlar (45%) o`z jamg`armalarini 3 oygacha etishi mumkinligini ta`kidlashgan. Jumladan, jamg`armalari 1 oygacha etadigan respondentlar ulushi 28% ni tashkil etgan bo`lsa, 1−3 oygacha bo`lgan davr uchun ushbu ko`rsatkich 16% ga teng. Biroq, jamg`armalari mavjud bo`lmagan respondentlar ulushi (42%) yuqoriligicha qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar