AsosiyDunyo

Isroil dunyoda birinchi bo`lib koronavirusga qarshi mashg`ulotlar o`tkazadi

'Isroil dunyoda birinchi bo`lib koronavirusga qarshi mashg`ulotlar o`tkazadi'ning rasmi

Isroil dunyoda birinchi bo`lib koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi mashg`ulotlar o`tkazadi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi

Qayd etilishicha, mamlakat Bosh vaziri Naftali Bennet mashg`ulotlarda boshchilik qiladi. Mashg`ulotlar vaqtida turli amaldorlar va martabali insonlar ham qatnashadi. 

Mashg`ulotga jalb qilingan mansabdor shaxslar harakatni cheklash, karantin, havo transporti va boshqalar bilan bog`liq qarorlar qabul qilishadi. 

Avvalroq Bosh vazir Bennet Isroil koronavirus infeksiyasining to`rtinchi to`lqinini engib o`tganini aytib o`tgandi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar