Afg`onistonning Nangahor viloyatida juma kuni namoz vaqtida navbatdagi portlash yuz berdi.
Afganistan International telekanali xabariga ko`ra, juma namozi vaqtida xudkush-terrorchi tomonidan portlovchi qurilma ishga tushirilgan. Natijada, 3 kishi halok bo`lgan, 18 kishi jarohatlangan. Vafot etganlar orasida ikki nafar bola va masjid imomi borligi aytilmoqda.
Etilaat Roz gazetasi xabarida esa halok va jarohatlanganlar soni ko`pchilikni tashkil etayotganini ma`lum qildi.