2021-yilning 22-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.
Uchrashuvda Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, YIning Markaziy Osiyo bo`yicha strategiyasini amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi, o`zaro munosabatlar istiqbollari hamda mintaqalararo hamkorlik samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. Uchrashuv kun tartibiga xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari ham kiritilgan.