AsosiyJamiyat

Prezident Turkmanistonga jo`nab ketdi

'Prezident Turkmanistonga jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 noyabr kuni tongda Ashxobod shahriga jo`nab ketdi. U erda davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibidan savdo, investisiyalar, "yashil" iqtisodiyot va innovasiyalar, raqamli texnologiyalar, transport, logistika, turizm va boshqa ustuvor yo`nalishlarda ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o`rin olgan.

Turkmaniston poytaxtiga tashrif doirasida davlatimiz rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar