AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

'O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun Ashxobod shahrida o`tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari O`zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko`rib chiqdilar. Keng ko`lamli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekani qayd etildi.

Sanoat, energetika, qishloq xo`jaligi, transport, turizm va boshqa ustuvor sohalarda istiqbolli kooperasiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Etakchilar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Boshqa yangiliklar