Peru shimoli-sharqida mikroavtobus qoyadan qulab ketishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo`ldi. Bu haqda RPP xabar berdi.
Qayd etilishicha, mikroavtobus taxminan 300 metr balandlikdan qulagan. Natijada, yana 7 kishi jarohatlangan. Ular og`ir ahvolda kasalxonalarga yotqizilgan.
Polisiya xodimlari mikroavtobusning halokati sabablarini o`rganmoqda. Tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.