AsosiyJamiyat

Prezident yangi massivlar qurilishiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

'Prezident yangi massivlar qurilishiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishish marosimida kelgusida 1 milliondan ortiq aholi uchun barcha qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo`lgan “Yangi O`zbekiston” massivlari bunyod etilishini aytgan edi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

Shu yil 2 noyabr kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida bu dasturning amaliy jihatlari muhokama qilindi. O`tgan bir oyda yangi massivlar uchun shahar yoki tuman markaziga yaqin, infratuzilmaga ega joylar tanlanib, dastlabki loyihalar shakllantirildi.

Mazkur loyihalar 30 noyabr kuni davlat rahbari huzurida taqdimot qilindi.

Rejaga ko`ra, kelgusi yilda 22 ta yangi massiv barpo etiladi.  Quruvchi tashkilotlarga engillik berish maqsadida faqatgina ko`p qavatli uy-joy maydonining o`zi auksion orqali sotiladi. Tutash maydonlar esa, qurilish bitganidan keyin, uy-joy mulkdorlariga umumiy foydalanishga beriladi. Tadbirkorlik uchun er uchastkalari elektron onlayn auksion orqali ajratiladi.

Davlatimiz rahbari mazkur yangi mavzelarda ko`plab maktab, bog`cha va tibbiyot muassasalari qurish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Kichik sanoat zonasi, tadbirkorlik ob`ektlari tashkil etish orqali kamida 50 mingta ish o`rni yaratish mumkinligi ta`kidlandi.

Hudud rahbarlari qurilishni tashkil etish rejalari yuzasidan axborot berdi.

Boshqa yangiliklar